O'zbekiston fuqarolariga xizmatlar
MANZIL VA QABUL VAQTLARI
Address: Tehron, Aqdasieh hiyoboni, Alikhani ko'chasi 2 uy
Telefon: (+98 21) 22832025
Email: ir.uzembassy@mfa.uz
Konsullik bo’limning qabul vaqtlari: Yakshanba - Payshanba 9:00 – 13:00
Konsullik muassasasiga murojaat qilganingizda Siz bilan tezkor ravishda bog’lanish maqsadida telefon raqamingizni qoldirishingizni tavsiya etamiz!
Doimiy konsullik ro‘yxati
Eronda doimiy yashovchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar Elchixona konsullik bo’limi ro‘yxatiga olinish uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
interaktiv xizmatlar veb-portali (www.consulate.mfa.uz) orqali to‘ldirilgan elektron ro‘yxatga olish varaqasi, agar interaktiv xizmatlar veb-portali orqali electron ro’yxatga olish varaqasini to’ldirishninng imkoniyati bo’lmaganda konsullik bo’limi tomonidan berilgan ariza va ro’yxatga olish varaqasi to’ldiriladi;
pasport (biometrik, nobiometrik namunadagi), xorijga chiqish biometrik pasporti yoki harakatlanish hujjati;
16 yoshga to‘lmagan bolalarning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasining (biometrik pasport, nobiometrik pasport, xorijga chiqish biometrik pasporti va harakatlanish hujjati bo‘lmaganda) asli;
ota-onasidan birining nobiometrik pasportidagi bola haqidagi ma’lumotlar kiritilgan sahifasi nusxasi (bola haqidagi ma’lumotlar ota-onasidan birining nobiometrik pasportiga kiritilgan holda xorijga chiqqan bo‘lsa);
ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari tomonidan berilgan fuqaroning biometrik pasporti, nobiometrik pasporti yoki harakatlanish hujjatiga yopishtirilgan “Doimiy yashashga ketishga ruxsat berildi” yozuvli stikerning nusxasi;
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning Eron qonunchiligi talablariga muvofiq (viza, yashab turish hujjati, vaqtincha yashashga ruxsatnoma, ma’lumotnomalar) bo‘lib turishining qonuniyligini tasdiqlovchi hujjat;
3 x 4 sm o‘lchamdagi 1 dona fotosurat (elektron ro‘yxatga olish varaqasini to‘ldirishning imkoni bo‘lmaganda);
konsullik yig‘imi va haqiqiy xarajatlarning o‘rnini qoplash hisobiga yig‘imlar (40 AQSH dollar) to‘langani to‘g‘risida kvitansiya.
Vaqtincha konsullik ro‘yxati
Eronga xizmat safariga, o‘qishga, davolanishga, ishga va o‘z oilasi bilan birlashish uchun kelgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar Eronda qonuniy tarzda yashayotgan bo‘lsa va mamlakatga olti oydan ortiq muddatga kelgan bo‘lsa Elchoxona konsullik bo’limida vaqtincha konsullik ro‘yxatiga olinadilar.
Eronga sayyoh sifatida, shaxsiy ishlari yoki mazkur boshqa maqsadlarda olti oydan ortiq bo‘lmagan muddatga kelgan, shuningdek mamlakat orqali tranzit o‘tib ketayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar konsullik bo’limida konsullik ro‘yxatiga olinmaydi.
Vaqtincha konsullik ro‘yxati 4 yilgacha bo‘lgan muddatga rasmiylashtiriladi.
Xorijda bo‘lish maqsadlardan kelib chiqqan holda vaqtincha konsullik ro‘yxati quyidagi muddatlarga rasmiylashtiriladi:
xizmat safari — xizmat safari davomiyligi muddatiga;
o‘qish — o‘qish muddatiga;
davolanish — tibbiy xizmatdan foydalanish yoki davo muolajalari muddatiga;
ishlash — mehnat shartnomasi muddatiga;
o‘z oilasi bilan birlashishga — 4 yilgacha.
Eronda vaqtincha bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar konsullik bo’limi ro‘yxatiga olinish uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
interaktiv xizmatlar veb-portali orqali (www.consulate.mfa.uz) to‘ldirilgan ro‘yxatga olish varaqasi, agar interaktiv xizmatlar veb-portali orqali electron ro’yxatga olish varaqasini to’ldirishninng imkoniyati bo’lmaganda konsullik bo’limi tomonidan berilgan ariza va ro’yxatga olish varaqasi to’ldiriladi;
pasport (biometrik, nobiometrik namunadagi), xorijga chiqish biometrik pasporti yoki harakatlanish hujjati;
16 yoshga to‘lmagan bolalarning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasining (biometrik pasport, nobiometrik pasport, xorijga chiqish biometrik pasporti va harakatlanish hujjati bo‘lmaganda) asli;
ota-onasidan birining nobiometrik pasportidagi bola haqidagi ma’lumotlar kiritilgan sahifasi nusxasi (bola haqidagi ma’lumotlar ota-onasidan birining nobiometrik pasportiga kiritilgan holda xorijga chiqqan bo‘lsa);
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning Eron qonunchiligi talablariga muvofiq (viza, yashab turish hujjati, vaqtincha yashashga ruxsatnoma, ma’lumotnomalar) bo‘lib turishining qonuniyligini tasdiqlovchi hujjat;
3 x 4 sm o‘lchamdagi 1 dona fotosurat (elektron ro‘yxatga olish varaqasini to‘ldirishning imkoni bo‘lmaganda);
Eronga xizmat safariga kelgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun buyruq yoki xizmat safari guvohnomasining nusxasi;
Eronga o‘qishga kelgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun o‘qish joyidan ma’lumotnoma yoki boshqa tasdiqlovchi hujjatlar;
Eronga davolanishga kelgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun O‘zbekiston Respublikasi yoki bo‘lib Eron tibbiyot muassasasi tomonidan berilgan tibbiy hujjatlar (tibbiy ma’lumotnoma, tibbiy muassasa taklifnomasi va shu kabilar);
Eronga ishlashga kelgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun ish joyidan ma’lumotnoma yoki mehnat shartnomasidan nusxa;
nikoh tuzilganligi to‘g‘risida guvohnomaning (oilasi bilan birlashish maqsadida xorijga chiqib ketgan fuqarolar uchun) hamda voyaga yetmagan bolalarning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomalari (birgalikdagi nikohdan bolalar bo‘lganda) nusxalari;
Doimiy yashash
O‘zbekiston Respublikasida doimiy ro’yxatdan o’tgan, Eronda vaqtincha qonuniy asosda bo‘lib turgan va doimiy yashash uchun Eronda qolishga qaror qilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi konsullik bo’limiga quyidagi hujjatlar bilan murojaat qilishi kerak:
anketa-ariza (qog‘ozda yoki elektron);
35 x 45 mm hajmdagi fotosurat (2 dona);
chet elga chiqish uchun nobiometrik pasport, biometrik pasport yoki xorijga chiqish biometrik pasportining asli;
tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma nusxasi;
harbiy guvohnoma yoki hisobda turganlik to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi yoki mudofaa bo‘limining belgilangan tartibdagi ma’lumotnomasi (harbiy xizmatga majbur shaxslar uchun);
O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan ota-onasining va turmush o‘rtog‘ining (birgalikda chiqish holatlari bundan mustasno), shuningdek, agar birgalikdagi nikohdan tug‘ilgan bolalar bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan sobiq turmush o‘rtog‘ining notarial tasdiqlangan roziligi;
konsullik yig‘imi va haqiqiy xarajatlarning o‘rnini qoplash hisobiga yig‘im (30 AQSH dollar) to‘langanligi to‘g‘risidagi kvitansiya.
Quyidagi holatlarda O‘zbekiston Respublikasining voyaga yetgan va voyaga yetmagan fuqarosi uchun chet elda doimiy yashash uchun O‘zbekiston Respublikasida hisobdan chiqarishga hujjatlarni rasmiylashtirishda ota-onalaridan birining roziligi talab qilinmaydi:
ota-onalardan biri vafot etgan bo‘lsa (vafot etganlik to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi taqdim etilganda);
fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi tomonidan berilgan bola yolg‘iz ota yoki onaning qaramog‘ida ekanligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma mavjud bo‘lsa;
agar bolaning ota-onalaridan biri chet el fuqarosi bo‘lsa;
ota-onalardan biri sud tomonidan ota-onalik huquqidan mahrum qilingan (sud qarori nusxasi taqdim etilgan taqdirda) bo‘lsa;
ota-onalardan biri sud tomonidan bedarak yo‘qolgan deb topilgan (sud qarorining nusxasi taqdim etilgan taqdirda) bo‘lsa;
ota-onalardan biri sud tomonidan mehnatga layoqatsiz deb topilgan (sud qarorining nusxasi taqdim etilgan taqdirda) bo‘lsa;
ota-onalardan biriga nisbatan qidiruv e’lon qilingan va u qidiruvda bo‘lsa (ichki ishlar organlaridan ma’lumotnoma taqdim etilgan taqdirda);
agar ota-onalardan biri O‘zbekiston Respublikasi hududida hisobdan chiqarilgan va chet elda doimiy yashayotgan bo‘lsa.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLIGIDAN CHIQISH HUJJATLARINI RASMIYLASHTIRISH TARTIBI
O‘zbekiston Respublikasining Erondagi Elchixonasi konsullik bo’limida konsullik hisobida turgan fuqarolardan O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish bo‘yicha hujjatlar qabul qilinadi. Вarcha hujjatlar 2 nusxada taqdim etilishi lozim.
O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish bo‘yicha ariza va hujjat topshirish uchun arizachi konsullik bo’limiga shaxsan murojaat etishi talab etiladi. Shu bilan birga, quyidagi hujjatlarni ilova etadi:
• O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga ariza;
• o‘rnatilgan tartib bo‘yicha anketa-ariza;
• avtobiografiya va yaqin qarindoshlari haqida ma’lumot;
• arizachining tug’ilganligi to‘g’risidagi guvohnomasi;
• 4 ta surat (35-45mm);
• fuqarolik pasportining barcha varaqlaridan nusha;
• boshqa davlat fuqaroligini qabul qilganligini tasdiqlovchi yoki vakolat beruvchi hujjat, rasmiy tarjima bilan;
• O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish uchun hujjat rasmiylashtirayotgan arizachi voyaga etmagan farzandi bilan (18 yoshgacha) hujjat topshirayotgan bo‘lsa, bolaning tug’ilganligi to‘g’risidagi va arizachining turmush qurganligi to‘g’risidagi guvohnomalarining asli va nushalarini taqdim etishi lozim;
• otalari yoki onalari bilan birga fuqarolikdan chiqayotgan 14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan farzandlar o‘zlarining O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish bo‘yicha rozilik arizalarini taqdim etadilar;
• agar ota-ona ikkalasi ham O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lib, faqat bittasi voyaga etmagan farzandi bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqayotgan bo‘lsa, boshqasini bolaning va turmush o‘rtog’ining O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqishiga bo‘lgan munosabati arizasida ko‘rsatilishi lozim;
• ba’zi hollarda nikohdan ajralganlik to‘g’risidagi, o‘lim to‘g’risidagi guvohnomalar, bolalikka olish, ota-onalik huquqidan mahrum qilish to‘g’risidagi ma’lumotnomalarning notarius tomonidan tasdiqlangan nushalari talab qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish to‘g’risidagi ariza 1 yil ko‘rib chiqiladi. Ko‘rib chiqish va arizaga asosan hujjatlarni rasmiylashtirish uchun konsullik to‘lov sifatida 100 AQSH dollari+20 dollar ma’muriy to‘lov to‘lanadi.
Pasport masalasi
Elchixona konsullik bo’limi tomonidan Eronda doimiy yashaydigan va doimiy konsullik ro‘yxatida turadigan fuqarolarga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan va xorijga olti oydan ko‘p muddatga xizmat safari, o‘qish, davolanish, kontrakt bo‘yicha ishlash, oilasi bilan birlashish maqsadida Eronga vaqtinchalik yashash uchun kelgan hamda konsullik bo’limida vaqtinchalik ro‘yxatda turgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga quyidagi hollarda xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish amalga oshiriladi:
farzand Eronda tug‘ilganida;
xorijga chiqish biometrik pasportining amal qilish muddati tugaganida;
familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi, jinsi o‘zgarganida;
yozuvlarda noaniqliklar va xatolar mavjudligi aniqlanganida;
ma’lumotlar yoki vizalar uchun mo‘ljallangan betlar ishlatilib bo‘linganida;
xorijga chiqish biometrik pasporti blankasi yaroqsiz holga kelganida;
xorijga chiqish biometrik pasporti yo‘qotib qo‘yilganida;
xorijga chiqish biometrik pasporti ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilganida.
Fuqarolar xorijga chiqish biometrik pasportini olish uchun Elchixona konsullik bo’limiga murojaat qilishlar zarur. Shuningdek, ular xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish uchun konsullik bo’limiga murojaat qilishdan oldin konsullik interaktiv hizmatlar veb-portalida (www.consulate.mfa.uz) joylashtirilgan anketaning elektron shaklini oldindan to‘ldirib interaktiv xizmatidan foydalanishi mumkin.
Agar ushbu xizmatdan foydalanish imloniyati bo’lmasa? Ariza-anketa va fuqaro tomonidan to’ldirilishi zarur bo’lgan boshqa hujjatlar konsullik bo’limi tomonidan beriladi.
1. Elchixona konsullik bo’limida doimiy konsullik ro‘yxatida turadigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirishda konsullik bo’limiga quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:
ariza-anketa;
pasportning (nobiometrik, biometrik va/yoki xorijga chiqish biometrik) asli;
35 x 45 mm hajmdagi fotosurat (1 dona);
fuqaroning Eron qonuni talablariga muvofiq ushbu davlat hududida qonuniy tarzda bo‘lishini tasdiqlovchi hujjat (viza, yashash uchun guvohnoma, vaqtinchalik yashash uchun guvohnoma, ma’lumotnoma va shu kabilar);
konsullik yig‘imi va haqiqiy xarajatlarning o‘rnini qoplash hisobiga yig‘im (170 AQSH dollari) to‘langanligi to‘g‘risida kvitansiya.
Voyaga yetmagan shaxslar va 16 yoshga to‘lguniga qadar xorijga chiqish biometrik pasportini olmagan, ota-onalari yoki boshqa qonuniy vakillar bilan doimiy konsullik ro‘yxatida turgan shaxslar uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
ariza-anketa;
tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma (16 yoshga yetmagan shaxslar va birinchi marotaba xorijga chiqish biometrik pasporti rasmiylashtirilayotgan 16 yoshga to‘lgan shaxslar uchun) yoki biometrik pasportning asl nusxasi;
35 x 45 mm hajmdagi fotosurat (1 dona);
voyaga yetmagan shaxsga birinchi marotaba xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish uchun ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillar pasportlarining (nobiometrik, biometrik va/yoki xorijga chiqish biometrik paksporti) asl nusxasi. Ota-onalardan birining pasportini taqdim etish imkoniyati bo‘lmagan hollarda tegishli hujjat taqdim etiladi, xususan, o‘lim haqidagi guvohnoma, nikoh bekor qilinganligi haqidagi guvohnoma, nikoh haqiqiy emas deb topilganligi haqida sud qarorining ko‘chirmasi (nusxasi), vakolatli organlardan ota-onalardan birining bedarak yo‘qolgan yoki vafot etgan deb topilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma, bola yolg‘iz ota yoki onaning qaramog‘ida ekanligini tasdiqlovchi hujjat yoki Eron qonunchiligiga muvofiq shunga o‘xshash boshqa hujjat;
voyaga yetmagan shaxsning ota-onalari yoki boshqa qonuniy vakillari o‘zlari Eron qonunchiligiga muvofiq xorijiy davlat hududida bo‘lishining qonuniyligini tasdiqlovchi hujjat (viza, yashash uchun guvohnoma, vaqtinchalik yashash uchun guvohnoma, ma’lumotnoma va shu kabilar);
ota-onalardan biri Eron fuqarosi bo‘lsa, uning bola xorijga chiqish biometrik pasportini olishiga e’tirozi yo‘qligi haqida notarial tasdiqlangan arizasi;
O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan ota-onalardan birining yoki boshqa qonuniy vakilning notarial tasdiqlangan roziligi (agar 16 yoshga to‘lmagan shaxs doimiy konsullik ro‘yxatida ota-onalardan biri bilan turgan bo‘lsa);
hamrohlik qiluvchi shaxsning notarial tasdiqlangan majburiyati;
nobiometrik pasport, biometrik pasport va/yoki xorijga chiqish biometrik pasporti yo‘qolganligi to‘g‘risida Eron vakolatli organlarining ma’lumotnomasi (pasport yo‘qolgan holatda);
haqiqiy xarajatlarning o‘rnini qoplash hisobiga yig‘im (20 AQSH dollar) to‘langanligi to‘g‘risidagi kvitansiya.
Familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi, jinsi o‘zgarganligi yohud yozuvlarda noaniqliklar va xatolar mavjudligi aniqlanganligi munosabati bilan xorijga chiqish biometrik pasporti almashtirilayotganda fuqaro konsullik muassasasiga ushbu holatlarni tasdiqlaydigan hujjatlarni taqdim etadi.
2. Elchixona konsullik bo’limida vaqtinchalik konsullik ro‘yxatida turadigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirishda konsullik bo’limiga quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:
ariza-anketa;
pasportning (nobiometrik, biometrik va/yoki xorijga chiqish biometrik) asli;
35 x 45 mm hajmdagi fotosurat (1 dona);
o‘qish joyidan (o‘qish muddatlari ko‘rsatilgan holda), ish joyidan (yoki mehnat shartnomasi), tibbiyot muassasasidan (davolanayotganlar uchun) ma’lumotnoma yoki oila a’zolari bilan birlashish maqsadida xorijga chiqqan shaxslar uchun qarindoshlik aloqalarini tasdiqlovchi hujjat;
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining Eron hududida qonuniy tarzda bo‘lishini tasdiqlovchi hujjat (o‘qish yoki ish vizasi, pasportdagi tegishli qaydlar yoki ma’lumotnomalar);
harbiy guvohnoma yoki hisobda turganlik to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi yoki mudofaa bo‘limining belgilangan tartibdagi ma’lumotnomasi (harbiy xizmatga majbur shaxslar uchun);
konsullik yig‘imi va haqiqiy xarajatlarning o‘rnini qoplash hisobiga yig‘im (170 AQSH dollar) to‘langanligi to‘g‘risidagi kvitansiya.
Voyaga yetmagan shaxslar va 16 yoshga to‘lganidan keyin xorijga chiqish biometrik pasportini olmagan, ota-onalari yoki boshqa qonuniy vakillar bilan doimiy konsullik ro‘yxatida turgan shaxslar uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
ariza-anketa;
tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma (16 yoshga yetmagan shaxslar va birinchi marotaba xorijga chiqish biometrik pasporti rasmiylashtirilayotgan 16 yoshga to‘lgan shaxslar uchun) yoki biometrik pasportning asli;
35 x 45 mm hajmdagi fotosurat (1 dona);
voyaga yetmagan shaxsga birinchi marotaba xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish uchun ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillar pasportlarining (nobiometrik, biometrik va/yoki xorijga chiqish biometrik pasporti) asli. Ota-onalardan birining pasportini taqdim etish imkoni bo‘lmagan hollarda tegishli hujjat taqdim etiladi, xususan, o‘lim haqidagi guvohnoma, nikoh bekor qilinganligi haqida guvohnoma, nikoh haqiqiy emas deb topilganligi haqida sud qarorining ko‘chirmasi (nusxasi), vakolatli organlardan ota-onalardan birining bedarak yo‘qolgan yoki vafot etgan deb topilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma, bola yolg‘iz ota yoki onaning qaramog‘ida ekanligini tasdiqlovchi hujjat yoki Eron qonunchiligiga muvofiq shunga o‘xshash teng hujjat;
voyaga yetmagan shaxsning ota-onalari yoki boshqa qonuniy vakillarining Eron hududida, ushbu mamlakatning qonunchiligiga muvofiq, qonuniy tarzda bo‘lishini tasdiqlovchi hujjat (o‘qish yoki ish vizasi, pasportdagi tegishli qaydlar, ma’lumotnomalar);
O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi ota-onalardan birining yoki boshqa qonuniy vakilning notarial tasdiqlangan roziligi (agar 16 yoshga to‘lmagan shaxs vaqtinchalik konsullik ro‘yxatida ota-onalardan biri bilan turgan bo‘lsa);
hamrohlik qiluvchi shaxsning notarial tasdiqlangan majburiyati;
nobiometrik pasport, biometrik pasport va/yoki xorijga chiqish biometrik pasportining yo‘qolganligi to‘g‘risidagi bo‘lib turgan mamlakat vakolatli organlarining ma’lumotnomasi (pasport yo‘qolganda);
haqiqiy xarajatlarning o‘rnini qoplash hisobiga yig‘im (20 AQSH dollar) to‘langanligi to‘g‘risida kvitansiya.
Familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi, jinsi o‘zgarganligi yoxud yozuvlarda noaniqliklar va xatolar mavjudligi aniqlanganligi munosabati bilan xorijga chiqish biometrik pasporti almashtirilayotganda fuqaro konsullik muassasasiga ushbu holatlarni tasdiqlaydigan hujjatlarni taqdim etadi.
MUHIM
Mazkur toifadagi fuqarolarga pasport chet elga qonuniy tarzda olti oydan ortiq muddatga xizmat safariga, o`qish, davolanish va shartnoma bo`yicha ishlashga chiqqan va xorijga vaqtincha chiqishlarini belgilangan tartibda rasmiylashtirgan taqdirda beriladi.
Vaqtinchalik konsullik ro`yxatiga olinmagan vaqtincha xorijda bo`lgan fuqarolar pasport rasmiylashtirish yoki olish zarurati bo`lgan hollarda (pasportini yo`qotgan, amal qilish muddatini o`tkazib yuborgan yoki yaroqsiz holga keltirilgan taqdirda) tegishli konsullik muassasasiga O`zbekiston Respublikasiga qaytish guvohnomasini (Sertifikat) olish uchun murojaat etadilar va pasportlarini o’zlari doimiy ro’yxatda bo’lgan joy IIV idoralarida olishlari mumkin.
IZOH:
- bir yoshgacha bo`lgan fuqarolarga – 2 yil muddatga;
- bir yoshdan o`n olti yoshgacha – besh yil muddatga. Shu bilan birga, fuqaroga rasmiylashtiriladigan pasportning amal qilish muddati uning 16 yoshidan oshmasligi kerak;
- 16 yoshdan fuqarolarga pasport 10 yil muddatga beriladi.
Alohida holatlarda agar shaxs Respublika hududidan tashqariga chiqayotgan vaqtda 15 yoshdan oshgan bo`lsa, mazkur 16 yoshga to`lmagan shaxsga pasport 10 yil muddatga berilishi mumkin.
Pasport Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (ICAO) tavsiyalariga ko`ra belgilangan namunada biometrik ma’lumotlar bilan tayyorlanadi va latin harflari yordamida o`zbek va ingliz tilida, Qoraqalpog`iston Respublikasi uchun esa qoraqalpoq, o`zbek va ingliz tillarida personallashtiriladi. Asosiy ma’lumotlardan tashqari pasportga bir qator qo`shimcha ma’lumotlar kiritiladi. Ulardan asosiylari – harbiy majburiyat to`g`risidagi, nikoh tuzilganligi yoki bekor qilinganligi haqidagi, ro`yxatdan o`tish yoki ro`yxatdan chiqqanlik to`g`risidagi, chet elga chiqish ruxsat yozuvi va O`zbekiston Respublikasi davlat chegaralarini kesib o`tganlik to`g`risidagi belgilardir. Vizalar uchun ajratilgan betlarni ko`paytirish hisobiga pasport varaqlari soni ko`paytirildi. Bundan tashqari, yangi tipdagi pasportga fotosurat chop etish yo`li orqali kiritiladi, bu esa hujjatning ehtimoliy qalbakilashtirilishidan himoyalanganlik darajasini oshiradi.
O`zbekiston Respublikasining chet eldagi vakolatxonalarida quyidagi fuqarolar biometrik pasport olishlari mumkin:
- 1) barcha xorijiy tillardagi hujjatlar tarjima qilingan xolda bo’lishi lozim;
- 2) to’lovlarni Bosh konsulxonada amalga oshirish mumkin;
- 3) O`zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko`ra chet elda bo`lib turuvchi fuqarolarning barchasi ham O`zbekiston Respublikasining chet eldagi vakolatxonalarida biometrik pasport rasmiylashtiriladigan shaxslar toifasiga kirmasligini e’tiborga olgan holda, Respublikaning vakolatli idoralari qarori bilan O`zbekiston Respublikasining biometrik bo`lmagan pasporti uning egasi tomonidan agar pasportning amal qilish muddati tugamagan bo`lsa 2018-yil 1-iyulga qadar faqat O`zbekistonga qaytish hujjati sifatida, shu jumladan uchunchi davlatlar orqali tranzit o`tish uchun ham, ishlatilishi mumkinligi belgilandi.
O`zbekistondan hujjatlatlarni so’rab olish
O`zbekiston Respublikasidan hujjatlarni so`rab olish uchun O`zbekiston Respublikasi fuqarolari, xorijiy fuqarolar va fuqarolikka ega bo`lmagan shaxslar bevosita O`zbekiston Respublikasi arxiv muassasalariga ham, shuningdek O`zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalariga va konsullik muassasalariga ham murojaat etishlari mumkin.
O`zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonasiga yoki konsullik muassasasiga murojaat etuvchi shaxs har bir so`rab olinayotgan hujjat uchun alohida belgilangan shakldagi maxsus anketani ikki nusxada to`ldirishi, shuningdek konsullik yig`imini, hamda amaldagi xarajatlarni qoplash yig`imini to`lashi shart.
Mehnat va pensiya daftarchalari, harbiy biletlarning asl nusxalarini so`rab olish, jo`natib yuborish yoki xorijga chaqirtirib olishga yo`l qo`yilmaydi.
Shuningdek, agar nikoh bekor qilingan bo`lsa, nikohdan o`tganlik to`g`risidagi guvohnomani, shuningdek vafot etgan shaxsning tug`ilganlik to`g`risidagi guvohnomasini qaytadan so`rab olinishi mumkin emas. Voyaga yetmagan shaxslarning tug`ilganlik to`g`risidagi guvohnomalari ularning qonuniy vakillari tomonidan so`rab olinishi mumkin. Vafot etganlik to`g`risidagi guvohnomalar vafot etgan shaxsning qarindoshlari yoki yuridik shaxslar tomonidan rasmiy maqsadlar uchun so`rab olinishi mumkin.
Amaliyotning ko`rsatishicha, ma`lumot to`g`risidagi hujjatlarni (attestatlar, diplomlar va ulardan ko`chirmalarni) O`zbekiston Respublikasidan so`rab olishda manfaatdor shaxslarning bevosita o`quv muassasasiga murojaat etishi bir muncha samarali natija beradi. Buning uchun shaxsiy ishni arxivlardan izlab topish, hujjatning dublikatini tayyorlash, shahodatlash va arizachiga jo`natib yuborish bilan bog`liq barcha xarajatlarning qoplanishi shart bo`ladi.
Har bir hujjat uchun arizachining pasporti nusxasini taqdim qilgan holda ikki nusxada to`ldiriladi.
Savollarga javoblar to`liq va aniq bo`lishi kerak.
O`zbekistonga qaytish uchun sertifikat
O`zbekiston Respublikasiga qaytish guvohnomasi (bundan keyin – Sertifikat) O`zbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari (bundan keyin – Konsullik muassasalari) tomonidan chet elda vaqtincha yashayotgan va O`zbekistonda doimiy ro`yxatda turgan O`zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslarga quyidagi holatlarda beriladi: shaxsini tasdiqlovchi hujjatini yo`qotgan, hujjati yaroqsiz holga kelgan, xorijiy davlat vakolatli idoralari tomonidan olib qo`yilgan, o`g’irlatilgan, muddati o`tgan, varaqlari tugagan, avval pasport bilan rasmiylashtirilmagan fuqarolar.
O‘zbekiston Respublikasiga qaytish guvohnomasini olish uchun arizachi shaxsan Elchixona konsullik bo`limi suhbatidan o‘tishi va quyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim:
1. Konsullik bo`limi nomiga ariza;
2. Sertifikatni olish uchun arizachi Konsullik muassasasining veb-saytida shaxsni tasdiqlash haqidagi so`rovnoma – arizasini to`ldiradi va unga elektron fotosuratni biriktiradi.
3. Sertifikatni olish uchun arizachi Konsullik muassasasiga quyidagi hujjatlarni taqdim qiladi:
- qog`ozda chop etilgan, arizachinig imzosi qo`yilgan, bar-kodi ko`rsatilgan electron so`rovnoma – ariza-so`rovnomasi, 3 nusxada;
- 2 dona rangli fotosurat (3х4 sм);
Eslatma: (elektron ariza-anketaga biriktiriluvchi fotosuratga qo`yiladigan talablar)
– fotosurat o`ichamlari 300×400 piksel (px) bo`lishi;
– fotosurat sifati 96 dpi dan kam bo`lmasligi;
– fayl formati JPEG;
– fayl hajmi 30KB dan oshmasligi;
– ko`z qorachiqlari orasidagi masofa 90 px bo`lishi;
– suratning tiniq va kontrastli bo`lishi;
– suratga tushuvchi shaxsning nigohi obyektivga tog`ri yo`naltirilgan bo`lishi;
– yuz pardozining (makiyaj) me’yoriyligi;
– suratdagi yorug`lik va kontrastning me’yoriyligi;
– ko`zlar ochiq va yaxshi ko`rinishi, sochlar ularni to`sib qo`ymagan bo`lishi;
– fotosuratda yuzning markazda joylashuvi, ko`zoynaksiz, bosh kiyimisiz, yuz qirralarining aniq ko`rinishi;
– orqa fonning yorug`, bir xil, dog`larsiz, bezaksiz va chiziqlarsiz bo`lishi
- O`zbekistonga qaytish avia-chiptasi;
- muddati o`tgan, yaroqsiz holga kelgan, viza varaqlari tugagan shaxsni tasdiqlovchi hujjatning asli;
- shaxsni tasdiqlovchi hujjatning olib qo`yilganligi yoki o`g`irlatilganligini tasdiqlovchi xorijiy davlat vakolatli idoralari ma’lumotnomasining asli va nusxasi;
- shaxsni tasdiqlovchi hujjat yo`qolganda – yo`qolgan shaxsni tasdiqlovchi hujjat yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa ma’lumotnoma nusxasi va shaxsni tasdiqlovchi hujjat yo`qolganligi haqida vakolatli idoralarning ma’lumotnomasi (imkoniyat darajasida);
- ularning tug`ilganlik haqida guvohnomasi (xorijiy davlat idorasidan berilgan bo’lsa legalizatsiya qilingan bo’lishi lozim), ota-onasining pasportlaridan va nikoh to’g’risidagi guvohnomadan nusxa;
- konsullik to`lovlari chiptasi (kvitansiyasi).
MUHIM!!! Barcha xorijiy tillardagi hujjatlar o’zbek yoki rus tiliga tarjima qilingan bo’lishi lozim!
Arizachiga Sertifikat O`zbekiston Respublikasi vakolatli idoralari tomonidan uning shaxsi tasdiqlangandan so`ng beriladi.
Sertifikat bir oy, istisno holatlarda uch oygacha muddatga beriladi. Sertifikatning muddati uzaytirilmaydi.
Sertifikat har bir kishiga alohida rasmiylashtiriladi. Sertifikatga bolalar yozilmaydi.
Shaxsni tasdiqlovchi hujjat yaroqsiz holga kelgan, muddati o`tgan va viza varaqlari tugagan holda mazkur hujjat Konsullik muassasasiga topshirilishi lozim.
Shaxsni tasdiqlovchi hujjat yuqotilgan, xorijiy davlat vakolatli idoralari tomonidan olib qo`yilgan va o`g`irlatilganligi sababli Sertifikatni olish maqsadida Konsullik muassasasiga murojaat qilib, so`rovnoma – arizasi topshirilgandan so`ng arizachining mazkur shaxsni tasdiqlovchi hujjati haqiqiy emas, deb e’lon qilinadi va topilgan yoki qaytarilgan shaxsni tasdiqlovchi hujjati Konsullik muassasasiga topshirilishi shart.
Arizachi O`bekistonga kelgandan so`ng 10 kundan kech bo`lmagan muddat ichida Sertifikatni doimiy yashash joyidagi ichki ishlar idoralariga pasport olish uchun topshirilishi lozim.
Sertifikatni rasmiylashtirish va uni olish uchun 60 AQSh doll konsullik to`lovlari undiriladi. 16 yoshgacha bo’lgan shaxslar uchun to’lov – 10 AQSh doll .
Sertifikat quyidagi shaxslarga berilmaydi:
- xorijiy fuqarolarga;
- O`zbekiston hududida doimiy ro`yxati yo`q fuqaroligi bo`lmagan shaxslarga;
- uzrli sababsiz O`zbekiston hududida 3 yildan ortiq bo`lmaganligi sababli O`zbekiston hududidagi doimiy ro`yxati bekor qilingan fuqaroligi bo`lmagan shaxslarga;
- O`zbekiston fuqaroligidan chiqqan yoki fuqaroligi yo`qotilgan shaxslarga.
Quyidagi holatlarda ham arizachiga Sertifikat berish rad etilishi mumkin:
- o`zi haqida yoki shaxsni tasdiqlovchi hujjatining yo`qolganligi to`g`risida yolg`on ma’lumotlar bersa;
- taqdim qilinishi lozim bo`lgan hujjatlar va ma’lumotlar belgilangan talablarga mos kelmasa (hujjatlar yetarli emas, so`rovnoma – arizasidagi ma’lumotlar aniq va to`liq emas);
- taqdim qilingan hujjatlardagi ma’lumotlar haqiqiy bo`lmasa.
Sertifikat berilgan shaxs O`zbekistonga kelganidan so`ng yangi pasportni rasmiylashtirish uchun doimiy yashash joyidagi ichki ishlar idoralariga ushbu sertifikatni topshirishi shart.