Eron Islom Republikasida istiqomat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolari DIQQATIGA!!!

Eron atrofidagi vaziyatning keskinlashishi munosabati bilan O‘zbekiston elchixonasi Erondagi O‘zbekiston fuqarolariga xavfsizlik choralariga qat’iy rioya qilishni, shuningdek, Eron hukumati va O‘zbekiston elchixonasi rasmiy xabarlarini muntazam ravishda kuzatib borishni tavsiya qiladi.
Shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatlar va O‘zbekiston elchixonasining aloqa ma’lumotlarini doimo o‘zingiz bilan olib yuring.
Agar sizga shoshilinch yordam yoki maslahat kerak bo‘lsa, O‘zbekistonning Tehrondagi elchixonasiga quyidagi telefonlar orqali murojaat qiling:
• Favqulodda yordam telefonlari :
22299780
22832025
• Elektron pochta: iri.uzembassy@mfa.uz
O‘zbekiston Respublikasining Eron Islom Republikasidagi elchixonasi