Yangi O'zbekistonda amalga oshirilayotgan natijador islohotlar Eronda yuksak baholandi

O'zbekistonning Erondagi elchixonasida Jizzax politexnika instituti bilan hamkorlikda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yangilanishlarning samarali natijalariga bag'ishlangan targ'ibot tadbiri o'tkazildi.
Unda O'zbekiston elchisi Fariddin Nasriyev, Jizzax politexnika instituti rektori Alisher Usmonqulov, Eronning Sharif texnologiyalari universiteti rektori Sayid Abbos Musaviy, Eron-O'zbekiston savdo sanoat palatasi rahbariyati, mezbon mamlakatning yetakchi ishbilarmon doiralari va turizm sohasi vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari, blogerlar, faol vatandoshlar va boshqalar ishtirok etdi.
O'zbekiston elchisi Fariddin Nasriyev o'z nutqida so'nggi yillarda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar haqida so'zlab, ushbu islohotlar xalqaro hamjamiyat tomonidan e'tirof etilayotgani alohida urg'uladi.
Yig'ilganlarga Samarqand 2025-yilning kuzida BMTning Ta'lim, fan va madaniyat masalalari bo'yicha tashkiloti (YUNESKO) Bosh konferensiyasining 43-sessiyasiga mezbonlik qilish ma'lum qilindi.
Eron tomoni o'z ma'ruzasida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholadi. Shuningdek, bu kabi tadbirlar ikki mamlakat o'rtasida o'zaro hamkorlikni yana-da rivojlantirish uchun katta hissa qo'shishi ta'kidlandi.
Tadbir davomida O'zbekistonning turizm salohiyatiga bag'ishlangan taqdimot o'tkazildi va madaniy dastur taqdim etildi.