Eronning yetakchi farmatsevtika kompaniyalaridan biri O'zbekistonda faoliyat yuritishga qiziqish bildirmoqda

O'zbekiston elchixonasi ko'magida Eronning yetakchi kompaniyalaridan biri - "Golrang Pharmaceutical Investment Co" kompaniyasi bosh direktori Qosim Ali Oshofte boshchiligidagi delegatsiyaning mamlakatimizga tashrifi tashkil etildi
Tashrif doirasida Qosim Ali Oshofte Toshkent viloyatining Bekobod shahri hokimi Nasrulla Babayev bilan uchrashuv o'tkazdi.
Uchrashuv davomida Bekobod shahrida farmatsevtika faoliyatini rivojlantirish orqali dori vositalari ishlab chiqarishni tashkil etish bo'yicha investitsiya loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama etildi.
Muloqot chog'ida Eron tomoni bilan aniq loyihalar atroflicha muhokama qilinib, ularni hayotga tatbiq etishning amaliy jihatlari va shartlari ustidan ish olib borish maqsadida hamkorlikka erishildi va keyingi qadamlar belgilandi.