O'zbekiston va Eron o'rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik yangi bosqichga ko'tariladi

O'zbekiston elchisi Fariddin Nasriyev 18-21-yanvar kunlari Eronning "Kish" erkin iqtisodiy zonasiga tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida Eron iqtisodiy ishlar va moliya vaziri o'rinbosari, Investitsiyaviy, iqtisodiy va texnik ko'mak tashkiloti bosh direktori Abolfazl Kodehei bilan uchrashuv o'tkazildi.
Tomonlar mamlakatlarimiz o'rtasida savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni yana-da jadallashtirish borasida yaqin kelajakda o'tkaziladigan tadbirlar rejasini ko'rib chiqdilar.
Eron tomoni 2024-yil 25-26-sentyabr kunlari Samarqandda Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki 9-yig'ilishi yuqori darajada o'tkazilganini yuqori baholadi.