O'zbekiston hunarmandlari Eron milliy hunarmandchilik maktabi tajribasi bilan tanishdi

O'zbekiston elchixonaci ko'magida 19-26-yanvar kunlari "Hunarmand" uyushmasi raisi Rasuljon Mirzaaxmedov boshchiligidagi mamlakatimiz hunarmandlari delegatsiyasining Eronga amaliy safari tashkil etildi.
Safar davomida O'zbekiston vakillari Eron madaniy meros, turizm va hunarmandchilik vaziri maslahatchisi Atefeh Marvi bilan uchrashuv o'tkazdi.
Unda ikki mamlakat hunarmandlari o'rtasida o'zaro tajriba almashish, amaliy san'at va hunarmandchilik sohasida hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, ikki mamlakat hududlarida o'tkaziladigan xalqaro ko'rgazma va yarmarkalarda usta hunarmandlarning ishtirokini tashkil etish imkoniyatlari xususida fikr almashildi.
O'zbekiston delegatsiyasi a'zolari, shuningdek, Eron hunarmandchilik uyida bo'lib, fors hunarmandchilik maktabining eng sara namunalari bilan yaqindan tanishdi.